» » PSJ Fransiyada 45 yillik rekordni takrorladi

PSJ Fransiyada 45 yillik rekordni takrorladi


PSJ Fransiya Kubogi finalida “Sent-Etyenn”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi. Uchrashuvdagi yagona golga Neymar mualliflik qildi.

Shu tariqa 2019/2020-yilgi mavsumda parijliklar oltin dubl qayd etdi. Aprel oyi oxirlarida PSJ koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangan Fransiya chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.

Bu PSJ uchun o‘z tarixidagi to‘rtinchi oltin dubl bo‘ldi. Bungacha klub 2015, 2016 va 2018-yillarda Fransiya chempionati va mamlakat Kubogida g‘olib chiqqan. Parij klubi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Sent-Etyenn” tomonidan (1968, 1970, 1974, 1975-yillarda) o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

Fransiya chempionatining 2020/2021-mavsumi 2020-yil 22-avgustda boshlanishi va 2021-yil 23-mayda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Kilian Mbappening 2019/20-yilgi mavsum Liga 1 da urgan barcha golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют