» » Toshkentda Lacetti katta tezlikda daraxtga urilishi oqibatida yonib ketdi. Haydovchi jarohat olib shifoxonaga tushgan

Toshkentda Lacetti katta tezlikda daraxtga urilishi oqibatida yonib ketdi. Haydovchi jarohat olib shifoxonaga tushgan


Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va yonib ketgan Lacetti haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra 24-iyul kuni soat 18:50 larda Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan masofada tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlangan. Haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Mashina daraxtga urilgan va transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

YTH oqibatida haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf qilingan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi boshqarma xabarida.

Avvalroq Telegram kanallarda Toshkent shahrida yonayotgan Lacetti tasvirlangan videolar tarqalgandi.

Avval Toshkent shahrida “VAZ-2107” (“Jiguli”) avtomobili yonib ketgani, Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia-3’da yong‘in sodir bo‘lgani, Sergeli tumanida “Oqava suv ta’minoti” MChJga qarashli Tico rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют