» » Taniqli shaxslarga tegishli eng qimmatbaho uylar (foto)

Taniqli shaxslarga tegishli eng qimmatbaho uylar (foto)


Muxlislar uchun kumirlarining ijodidan tashqari shaxsiy hayoti va yashash joyi ham qiziq bo‘lgan. E’tiboringizga mashhurlar yashaydigan uy suratlarini taqdim qilamiz. Ushbu uylar suratiga qarab zavqlanish, narxini bilgandan keyin esa hayratda qolish mumkin.

Jennifer Lopes va Aleks Rodrigesning 6,6 million dollarlik uyi

Yulduzli juftlik Malibu orolidagi hashamatli uylardan birini sotib olganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Umumiy maydoni 410 kvadrat metrni tashkil qiladigan mazkur uy to‘rtta yotoqxona, mehmonxona, oshxona, uy kinozali va fitnes-studiya hamda saunani o‘z ichiga oladi.

Jastin va Xeyli Biberning 8,5 million dollarlik uyi

Xonanda va model yashaydigan 9 ta yotoqxona, 14 ta yuvinish xonasidan iborat uy 12 108 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hovuz, tennis kortini ichiga olgan uyda ikkita oshxona, katta ovqatlanish xonasi, 15 kishilik uy kinoteatri, shuningdek, professional bar va fitnes-markaz bor.

Riz Uizerspun va Jim Totning 11,9 million dollarlik uyi

Riz va uning turmush o‘rtog‘i Jim Tot istiqomat qiladigan uy maydoni 8,652 kvadrat metrni tashkil qiladi. 6 ta yotoqxona, 8 ta yuvinish xonasini ichiga oladigan uyda yana mehmonxona spa-salon, alohida garderob va hovuz bor.

Mila Kunis va Eshton Kutcherning 10 million dollarlik uyi

Juftlikning uch qavatlik uyida 5 ta yotoqxona va yuvinish xona, mehmonxona, oshxona va ovqatlanish xonasi bor. Uyning ikkinchi qavatida har biri yuvinish xonasini o‘z ichiga olgan oilaviy yotoqxona joylashgan. Birinchi qavatda bo‘lsa mehmonxona, xizmatchilar xonasi, trenajyor zal va sauna mavjud. Uy tashqarisida esa bog‘ va ochiq oshxona va barli terrasa joylashgan. Shuningdek, hovuz va spa-salon uy ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turadi.

Jessika Alba va Kesh Uorrenning 10 millionlik uyi

Los-Anjelesda joylashgan, qaymoqrang interyerlar bilan bezalgan, shiftlari baland, terrasasi bor, atrofida daraxt va o‘simliklar ekilgan mazkur uy Jessika Albaning orzusi bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют