» » Uyg‘uristonda bolalarga Islom, Qur’on, Makka deb ism qo‘yish taqiqlandi

Uyg‘uristonda bolalarga Islom, Qur’on, Makka deb ism qo‘yish taqiqlandi


Xitoyning Shinjon-Uyg‘on muxtor tumani ma’muriyati yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilishi taqiqlangan ismlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, Islom, Qur’on, Makka kabi islom dini bilan bog‘liq ismlar ham taqiq ostida qolgan. Taqiqqa tushgan ismlarning to‘liq ro‘yxati hozircha e’lon qilinmagan.

Xabar berishlaricha, shunday ismli chaqaloqlarga davlat sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda istiqomat qiluvchi 23 million musulmonning qariyb yarmi Shinjonda yashaydi.

Avvalroq mintaqada diniy ekstremizmga qarshi kurash doirasida ayollarning niqobdan foydalanishi, erkaklarning “noodatiy soqol” qo‘yishi taqiqlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют