» » Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kilian Mbappedan jarohati haqida so‘radi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kilian Mbappedan jarohati haqida so‘radi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi finalidan keyingi taqdirlash marosimida mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga jarohati haqida gapirib berdi.

Taqdirlash marosimi paytida Makron Mbappening sog‘lig‘i bilan qiziqdi:

Makron: “Sog‘lig‘ing yaxshimi?”

Mbappe: “Bir oz lat yedi”.

Makron: “Sindi deb o‘ylaysanmi?”

Mbappe: “Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman”.

Makron: “Kasalxonaga borasanmi?”

Mbappe: “Ha, taqdirlash marosimidan keyin darhol u yerga boraman”.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “Sent-Etyenn” himoyachisi Loik Perrin Mbappega nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Shundan so‘ng unga sariq kartochka ko‘rsatildi. Ammo keyinchalik uchrashuv bosh hakami VAR’dan foydalandi va Perrinni maydondan chetlatishga qaror qildi. To‘qnashuvdan keyin Mbappe o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va uning o‘rniga ispaniyalik yarim himoyachi Pablo Sarabiya maydonga tushirildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa PSJ o‘z tarixida to‘rtinchi bor oltin dublga erishdi.

Kilian Mbappening 2019/20-yilgi mavsum Liga 1 da urgan barcha golini tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют