» » Key-Liga. Rustam Ashurmatov chetlatilgan o‘yinda “Kvanju” mag‘lub bo‘ldi, Iskandarov jamoasi durang o‘ynadi

Key-Liga. Rustam Ashurmatov chetlatilgan o‘yinda “Kvanju” mag‘lub bo‘ldi, Iskandarov jamoasi durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuv 25-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Sonnam” jamoasi o‘z maydonida “Kanvon”ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda nursiz durang qayd etildi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Sonnamliklar 14 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda, “Kanvon” (15) esa 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Yana bir uchrashuvda “Kvanju” jamoasi “Suvon” bilan bahs yuritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Pak San Hyok tomonidan kiritilgan to‘p mehmonlarga g‘alaba olib keldi.

Asosiy tarkibda maydonga tushgan Rustam Ashurmatov o‘yin yakunlanishi arafasida ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

“Kvanju” (11) ushbu mag‘lubiyatdan keyin 10-o‘ringa tushib ketdi. “Suvon” (13) bir pog‘ona yuqorilab 9-o‘rindan joy oldi.

Musobaqa peshqadami “Ulsan Hyonday” safarda “Sangju Sangmu” darvozasiga beshta gol urib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Key-Liga

13-tur bahslari

25-iyul, shanba

“Sonnam”: Chon Chon Hyok, Li Chhan Yon, Lim Shin Gyom, Yon Je Un, Li Te Hi, Yu In Su, Kim Don Hyon, Pak Te Jun (Iskandarov, 46), Na San Ho (Yan Don Hyon, 85), Li Je Von, Kim Hyon Son.

“Kanvon”: Li Bom Su, Kim Gyon Chun (Kim Shin De, 60), Kim Yon Bin, Shin Gvan Hun, Lim Che Min, Han Guk Yon, Shin Shi Ge, Li Je Kvon, Ko Mu Yol (Li Hyon Shik, 72), Kim Ji Hyon, Cho Je Van.

Gol: 0:1 – 50 Pak San Hyok

“Kvanju”: Li Jin Hyon, Han Hi Hun (Yo Bon Hun, 72), Ashurmatov, Kim Chhan Su, Li Sun Min, Hon Chun Ho, Om Von San (Kim Ju Go, 63), Barboza, Yo Rim, Lim Min Hyok, Felipe.

“Suvon”: Yan Hyon Mo, Min San Gi, Anri, Ku De Yon, Pak San Hyok (Antonis, 86), Ko Shin Bom, Yom Gi Hun, Kim Min U, Li San Min, Han Sok Hi (Kim Te Hvan, 78), Krpich.

Ogohlantirishlar: Ashurmatov (11), Felipe (56), Hon Chun Ho (58), Li Sun Min (71).

Chetlatish: Ashurmatov (90+5).

“Sangju Sangmu” — “Ulsan Hyonday” 1:5

Gollar: 1:0 – 4 Kan San U, 1:1 – 15 Kim In Son, 1:2 – 18 Junior Negao, 1:3 – 45 Junior Negao, 1:4 – 58, avtogol Kim Jin Hyok, 1:5 – 87 Li Don Gyon.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют