» » Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligining podpolkovnigi 49 yoshda vafot etdi

Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligining podpolkovnigi 49 yoshda vafot etdi


Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya xizmati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Yesemurat Qayipnazarov 24-iyul kuni 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Makan.uz” xabar berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati shu ism-familiyaga mos keluvchi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli erkak Y.Q.ning vafoti haqida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro Y.Q. 15—19-iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bemorning shifoxonada davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha — 108, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 114-o‘lim holati. Shu tariqa “Daryo” hisobi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari, SSV statistikasi bo‘yicha 3 nafari vafot etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 25-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetdi. Ulardan 10 472 nafari (54 foiz) sog‘aygan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus qurboni bo‘lgan tibbiyot va ichki ishlar xodimlari “Jasorat” medali bilan mukofotlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют