» » Qoraqalpog‘istonda tuman IIB boshlig‘i xizmat mashinasida piyodani urib yuborishi oqibatida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda tuman IIB boshlig‘i xizmat mashinasida piyodani urib yuborishi oqibatida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i xizmat mashinasida 1997-yilda tug‘ilgan yigitni urib ketdi, deya xabar bermoqda Respublika prokuraturasi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 22-iyul kuni soat 21:40 larda Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.M. o‘ziga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasini Qorao‘zak tumani “Berdaq” OFY hududidan o‘tuvchi Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir yo‘lida boshqarib ketayotib yo‘lning chetida velosipedda harakatlanib borayotgan Qorao‘zak tumani “S.Kamalov” OFYda yashovchi 1997-yil tug‘ilgan fuqaro N.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro N.A. olgan tan jarohatlari natijasida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют