» » Robert Uittaker Darren Tillga qarshi. UFC 26-iyul tongida navbatdagi musobaqani o‘tkazadi

Robert Uittaker Darren Tillga qarshi. UFC 26-iyul tongida navbatdagi musobaqani o‘tkazadi


Toshkent vaqti bilan 26-iyul tongida Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da UFC navbatdagi musobaqani o‘tkazadi.

UFC on ESPN 14 kechasining asosiy jangi o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Robert Uittaker (21-5) va Darren Till (18-2-1) o‘rtasida kechadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 03:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa 05:00 da start oladi.

Asosiy kardning qolgan janglari bilan tanishing:

Antonio Rojerio Nogeyra (23-9) — Maurisio Rua (26-11-1).

Aleksandr Gustafsson (18-6) — Fabrisio Verdum (23-9-1).

Karla Esparza (17-6) — Marina Rodriges (12-0-2).

Pol Kreyg (12-4-1) — Gajimurad Antigulov (20-6).

Aleks Oliveyra (20-8-1) — Peter Sobotta (17-6-1).

Xamzat Chimayev (7-0) — Ris Makki (10-1-1).

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют