» » Toshkent markazini Sergeli bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi tufayli Yakkasaroydagi ko‘chaning bir qismi 6 oyga yopiladi

Toshkent markazini Sergeli bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi tufayli Yakkasaroydagi ko‘chaning bir qismi 6 oyga yopiladi


Toshkentda yangi ko‘prik qurilishi boshlanadi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi.

Shu munosabat bilan Yakkasaroy tumani Usmon Nosir 2-tor ko‘chasining 200 metrlik qismi 6 oy muddatga yopilishi ma’lum qilindi.

Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Avvalroq Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi ta’kidlangan edi. Ulardan biri shahar markazi bilan Sergeli tumanini bog‘lovchi ko‘prik bo‘lishi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifi davomida qayd etilgan.

Ko‘prikning uzunligi 583 metr va u Cho‘ponota ko‘chasi hamda Kichik halqa yo‘li kesishmasida barpo etiladi. Bu chorrahadan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha yangi ko‘cha qurilib, halqa yo‘li ostidan tunnel orqali o‘tkaziladi va Qipchoq ko‘chasida qurilayotgan yangi ko‘prikka tutashadi. Jami 5,6 kilometrlik bu yo‘l soatiga 3 mingta transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.

Yangi yo‘l va ko‘priklar qurilishi natijasida Sergeli tumaniga transport qatnovi tirbandligi 50 foizga, transport harakati vaqti 20-25 daqiqaga kamayadi. Loyihaning umumiy qiymati 280 milliard so‘mdan ziyod ekani ma’lum qilingan. Loyiha Toshkent shahar hokimligi bilan Turkiyaning “Kaloyn” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют