» » Eldor Shomurodov va “Rostov” Yevropa Ligasini qaysi bosqichdan boshlashi ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodov va “Rostov” Yevropa Ligasini qaysi bosqichdan boshlashi ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi finalidan keyin Yevrokuboklarda qatnashadigan rus klublarining to‘liq ro‘yxati shakllandi.

“Zenit” kubok finalida “Ximki”ni mag‘lub etdi (1:0). Shu tariqa Yevrokuboklar uchun barcha kvotalar RPL musobaqa jadvaliga qarab belgilanadigan bo‘ldi.

2019/20-yilgi mavsumni 3-o‘rinda yakunlagan SSKA Yevropa Ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardagi “Rostov” hamda “Dinamo” esa o‘z yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.

Eldor Shomurodov jamoasi 3-saralash bosqichidan musobaqaga qo‘shiladi. Saralash bosqichiga 1-sentabrda qur’a tashlanadi, “Rostov” esa 23-sentabrda o‘z o‘yinini o‘tkazadi.

Dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan “Zenit”, “Lokomotiv” va “Krasnodar” jamoalari Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, agar “Ximki” kubok bahsida g‘alaba qozonganida “Dinamo” Yevrokuboklardan quruq qolardi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” safidagi eng sara gollari (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют