» » O‘zbekistonliklarning 99,4 foizi “ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega” deb hisoblaydi

O‘zbekistonliklarning 99,4 foizi “ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega” deb hisoblaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi oila va nikoh, farzand tarbiyasi, fuqarolarning ijtimoiy maqsad va intilishlariga bag‘ishlangan so‘rov o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etishlaricha, so‘rovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan turli aholi qatlamlari vakillari ishtirok etgan. So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar soni haqida batafsil axborot berilmagan.

So‘rov davomida aholining aksariyat qismi (99,4 foizi) ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli va ahil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

Ota-onalarning ko‘pchiligi farzandlarini yaxshi tushunishi va ularga ishonishini qayd etgan. Ular bugungi kunda ota-onalar va farzandlarning qarashlari va hayotdagi maqsadlari turlicha, degan fikrga qo‘shilmaydi.

So‘rovda oilaviy qadriyatlar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgani, kattalar va yoshlarning fikri bir-biriga mos kelishi aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют