» » Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?

Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?


Biz mashq qilish natijasida tanamizning qaysidir qismi og‘risa, bu bizga faqat foyda keltiradi, deb o‘ylaymiz. Ammo doim ham bunday bo‘lavermaydi. Sport zalidagi mashg‘ulotlarni to‘xtatish yoki hech bo‘lmasa, tanaffus qilish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar bilan tanishing.

Muskullarning biroz titrashi yomon alomat emas. Ammo qo‘llaringiz qaltirashni yoki sizga quloq solishdan bosh tortishni boshlasa, bu ularning funksiyasi buzilganidan darak beradi. Siz nafaqat og‘ir gantelni oyog‘ingizga tushirib yuborish yoki yiqilib tushish ehtimolini yaratasiz, balki shikast olish uchun asos ham yaratasiz.

Muskullarda umumiy, asta-sekinlik bilan kuchayib boruvchi og‘riqni kutish mumkin — bu mashqlar sizni yangi ko‘rsatkichlarga undayotganidan darak beradi. Ammo to‘satdan va tezda paydo bo‘ladigan og‘riq muammoni bildiradi. Og‘riqni yengib o‘tishga urinmang, bu muskullar yoki bo‘g‘imlar shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Qizarish, shishish yoki o‘tib ketmayotgan og‘riq haddan tashqari zo‘r berish muammosini bildirishi mumkin, masalan, kemirchak to‘qima yumshab qolgan bo‘lishi yoki boldir yorilgan bo‘lishi mumkin. Dam olish va qayta tiklanish uchun o‘zingizga bir necha kun bering. Yugurishdan oldin cho‘zilish mashqlariga ko‘proq vaqt ajratish kerak.

Siz sportzalda to‘laqonli mashg‘ulotni bajardingiz va haligacha zinadan ko‘tarilishda og‘riqqa chidolmayapsizmi? Muskullarda muayyan darajadagi og‘riqning sezilishi tabiiy hol: mushaklarning uzoq vaqt davomida og‘rishi muskul to‘qimasidagi kichik yorilishlar natijasida kelib chiqadi, tana qayta tiklana boshlaganida, mushaklar mustahkamroq bo‘lib boradi. Ammo bunday sindrom 24—48 soat ichida o‘tib ketishi kerak. Aks holda, bu siz o‘zingizga o‘ta katta yuklama berib yuborganingizni anglatadi. O‘zingizga o‘nglanib olish uchun vaqt bering.

Faqat ma’lum bir harakatni bajarganda paydo bo‘ladigan og‘riq nimadir joyida emasligini bildiradi. Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, ortopedga borib, o‘zingizni tekshirtiring. Agar og‘riq uncha yomon bo‘lmasa, mashq qilishdan oldin o‘zingizni yaxshiroq tayyorlang.

Manba: Men’s Health

Опубликовано: admin (25-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют