» » Key-Liga. Ikrom Aliboyevning “Seul”i yirik hisobda yutqazdi, Doston Tursunov jamoasida ham mag‘lubiyat

Key-Liga. Ikrom Aliboyevning “Seul”i yirik hisobda yutqazdi, Doston Tursunov jamoasida ham mag‘lubiyat


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan bahslar 26-iyul, yakshanba kuni yakunlandi.

“Seul” jamoasi “Chonbuk Motors” mehmoni bo‘ldi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Han Ge Von, Li Shin Gi va Gustavoning gollari maydon egalariga uch ochko taqdim etdi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev 56-daqiqada zaxiraga olindi.

Parallel kechgan bahsda “Tegu” va “Pusan Ay Park” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Deyan Damyanovich, Sezinya va Ryu Je Mun tomonidan kiritilgan to‘plar teguliklarga g‘alaba olib keldi.

Uchrashuvda pusanliklar klubining o‘zbekistonlik legioneri Doston Tursunov ishtirok etmadi.

13-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi.

Key-Liga

13-tur bahslari

26-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 13 Han Ge Von, 2:0 – 45 Li Shin Gi, 3:0 – 63 Gustavo.

“Chonbuk Motors”: Son Bom Gin, Chhve Bo Gyon, Li Yon, Kim Jin Su, Hon Chon Ho, Kunimoto, Son Chun Ho, Han Ge Von (Barrou, 69), Li Shin Gi, Kim Bo Gyon (Murilo, 83), Cho Gyu Son (Gustavo, 56).

“Seul”: Yan Han Bin, Chon Hen Chhol, Kim Ju Son, Kim Von Shik, Yun Chon Gyu, Aliboyev (Han Chhan Hi, 56), Ko Yo Han, Ko Kvan Min, Chu Se Jon, Adriano (Pak Chu Yon, 56), Cho Yon Uk.

Ogohlantirish: Gustavo (62),

Gollar: 1:0 – 7 Damyanovich, 2:0 – 30 Sezinya, 3:0 – 70 Ryu Je Mun.

Gollar: 0:1 – 29, penalti Mugosha, 1:1 – 34 Ilyuchenko.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют