» » Farg‘onada aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 304 ta mobil guruh faoliyat olib bormoqda

Farg‘onada aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 304 ta mobil guruh faoliyat olib bormoqda


Farg‘ona viloyatida aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 304 ta mobil guruh faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, viloyatdagi 4 ta shahar va 15 ta tumanga 46 ta reanomobil guruhi biriktirilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi onlayn brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, Shuhrat G‘aniyev jurnalistlarga pandemiya bo‘yicha viloyatidagi holat haqida axborot bergan.

“Viloyatda bugungi kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 21 nafari davolanmoqda. Bemorlarning 6 nafari So‘x tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 15 nafari esa Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Davolanayotganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda bo‘lsa, qolgan bemorlarning bugungi kundagi holati, tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra, qoniqarli darajada. Viloyatda bugungi kunda 1138 ta xonadonda 1651 nafar fuqaro karantinga olingan”, — dedi Shuhrat G‘aniyev.

Hokim viloyatdagi tez tibbiy yordam bo‘yicha mavjud vaziyatga ham to‘xtalgan.

“Farg‘onadagi 4 ta shahar va 15 ta tumanga 46 ta reanomobil guruh biriktirilgan. Pandemiya davrida kasallikning oldini olish, ushbu infeksiya bilan kasallangan, lekin alomatsiz kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolashni nazorat qilish va ularga ko‘mak berish maqsadida tibbiyot muassasalaridagi xodimlar hamda virusolog, epidemiolog mutaxassislardan iborat 137 ta tibbiy guruh tashkil etilgan. Ayni kunda viloyatda kasallikni aniqlovchi 7 ta laboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bularning barchasi davlat hisobidagi laboratoriyalar bo‘lib, 2020-yil 15-iyuldan boshlab yana 5 ta xususiy tibbiyot klinikalarida ham tahlillar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu xususiy klinikalardan 4 tasi Farg‘ona shahrida, 1 tasi Qo‘qon shahrida faoliyat olib bormoqda”, — dedi viloyat hokimi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют