» » Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)


Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan Zarafshon tabiat milliy bog‘ida 2000 kvadrat metr maydonda 26-iyul, yakshanba kuni soat 00:47 lar atrofida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, to‘qayzordagi quruq o‘t yonib ketgan. Yong‘in qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan, maydon o‘rab olinib, favqulodda vaziyat bartaraf qilingan.

2020-yil 19-iyunda Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan, keyinchalik Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti yong‘inni o‘chirishga 2 ta vertolyot jalb etilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют