» » Shuhrat G‘aniyev: Farg‘onada uch oylik dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Shuhrat G‘aniyev: Farg‘onada uch oylik dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi


Farg‘ona viloyatida uch oylik dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi onlayn brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 1224 ta dorixona faoliyat olib bormoqda. Ushbu dorixonalarning 229 tasi ijtimoiy, 13 tasi ko‘chma va 47 tasi dori-darmonni o‘zida ishlab chiqaruvchi dorixonalar hisoblanadi. Mazkur dorixonalarda infeksiyaga qarshi 61 turdagi dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Kuni kecha davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq viloyatimizda uch oylik dori zaxirani yaratish uchun dori-darmon ta’minoti bilan shug‘ullanadigan aksiyadorlik jamiyatiga, sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va sanitariya epidemiologiya markaziga 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratib berildi”, — dedi Shuhrat G‘aniyev.

Viloyat hokimi tibbiyot muassasalarida bemorlarni qabul qilish va davolash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, fuqarolarni xavotirga tushmaslikka chaqirdi.

“COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash qanchalik muhim ekanligi to‘g‘risida viloyat axborot xizmatiga ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda. Ta’kidlashim kerak, bugungi kunda 2-sonli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida barcha sharoitlar yaratilgan. Dori-darmon zaxirasi yetarli miqdorda tashkil etilgan. Bemorlarga yuqori malakali shifokorlar xizmat ko‘rsatyapti. Yana bir muhim masala, viloyatimizda tibbiyot maskanlarida koronavirusga qarshi kurashish maqsadida 2791 ta o‘rin-joy tayyorlab qo‘yilgan. Joriy yilning 1-avgustiga qadar yana qo‘shimcha 9600 ta zaxira o‘rin tayyorlanmoqda. Shuning uchun fuqarolarimizdan xavotirga tushmaslikni so‘rardik”, — dedi viloyat hokimi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют