» » Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi

Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi


Qirg‘izistonning Chuy viloyati Jani-Jer qishlog‘ida joylashgan 19-koloniyada inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi. Bu haqda Kloop nashri xabar tarqatgan.

Azimjon Asqarov 69 yoshda edi va ma’lumotlarga ko‘ra oxirgi kunlarda uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan. Advokat Valeryan Vaxitovga jurnalistlarga bir necha marta mijozining og‘ir ahvolda ekani, yura olmayotgani va deyarli ovqat yemay qo‘yganini xabar qilgandi. Vaxitov Asqarovning glyukoza inyeksiyasi orqali oziqlanganini bildirgan. Ammo shunga qaramay har safar Jazoni ijro etish davlat qo‘mitasi bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan inson huquqlari himoyachisining sog‘lig‘i joyida ekanini ma’lum qilgan.

Azimjon Asqarov — Qirg‘izistondagi eng mashhur inson huquqlari himoyachilaridan biri, u 10 yildan buyon qamoqxonada edi. U 2010-yil 15-iyunda Qirg‘iziston janubidagi millatlararo ziddiyat tufayli ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilganlik va militsiya xodimining o‘ldirilishida ishtirok etganlikda ayblanib, hibsga olingan. 15-sentabrda sud Asqarovni bir umrga ozodlikdan mahrum qilgan, biroq u o‘z aybdorligini tan olmagandi.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Asqarovga nisbatan kuch ishlatilgani, zo‘ravonlik qilingani, inson huquqlari himoyachisiga nisbatan sud ishi adolatsiz tarzda ko‘rib chiqilganini qayd etgan. Inson huquqlari himoyachilari Asqarovga nisbatan jazoning bu qadar og‘ir bo‘lganini uning bevosita militsiya tomonidan fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonliklar yuzasidan jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazgani va ularni fosh etgani bilan bog‘lagan, deb yozmoqda Kloop.

2016-yilda BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘iziston hukumatidan Asqarovga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish va uni garov evaziga ozod etishga chaqirgan, ammo ushbu masala ochiq qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют