» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 20 500 nafardan, sog‘ayganlar esa 11 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 20 500 nafardan, sog‘ayganlar esa 11 ming nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 26-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 140 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 20 531 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallanish holatlarining

Kun davomida jami 579 ta yangi kasallanish holati qayd etildi (soat 10:00 da +274 va soat 17:00 da +165)

26-iyul kuni Toshkent viloyatida 67 nafar, Samarqand viloyatida 64 nafar, Toshkent shahrida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 6 nafar, jami 274 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.

Shu tariqa O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan tuzalganlar soni 11 105 nafarni (54 foiz) tashkil qilmoqda.

“9310 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

Epidemiya boshlanganidan beri mamlakatda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 116 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. “Daryo” hisobi bo‘yicha (davlat idoralari tomonidan rasman e’lon qilingan, ammo SSV statistikasiga kiritlmagan holatlar) koronavirusga chalingach vafot etganlar soni 122 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют