» » A Seriya. “Yuventus” Turinda g‘alaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi

A Seriya. “Yuventus” Turinda g‘alaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turidan o‘rin bir qator uchrashuvlar 26-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Yuventus” o‘z maydonida “Sampdoriya”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 67-daqiqada Federiko Bernardeski turinliklarning ikkinchi golini urdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Ronaldu dublni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq uning penaltidan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Shu tariqa mazkur g‘alaba “Yuventus”ga muddatidan avvalgi chempionlikni taqdim etdi. “Keksa sinyora” mavsum tugashiga ikki tur qolgan eng yaqin ta’qibchisini 7 ochko ortda qoldirdi.

“Latsio” jamoasi “Verona” maydoniga safar qildi. Dastlab maydon egalari oldinga o‘tib oldi. Biroq rimliklar bunga beshta gol bilan javob qaytardi. Gollarning uchtasini Chiro Immobile o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va to‘purarlar poygasida Ronaldudan uchta to‘p oldinga o‘tib ketdi.

Yana bir poytaxt klubi “Roma” o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi. Jordan Veretuning urgan ikkita goli “bo‘rilar”ga uch ochko taqdim etdi.

A Seriya

36-tur bahslari

26-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 45+7 Ronaldu, 2:0 – 67 Bernardeski.

“Yuventus”: Shensni, Aleks Sandro, de Ligt (Rugani, 78), Bonuchchi, Danilo (Bernardeski, 29), Rabo, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 78), Kuadrado, Dibala (Iguain, 40), Ronaldu.

“Sampdoriya”: Audero, Tonelli, Shabo (Leris, 22), Aujello, Depaoli, Yankto (Gabbyadini, 73), Torsbyu, Ramires (Maroni, 90), Linetti, Yoshida, Kualyarella.

Ogohlantirishlar: Pyanich (45), Torsbyu (45), Tonelli (45), Yankto (65), Bernardeski (69), Kuadrado (80), Rabo (86), Depaoli (88).

Chetlatish: Torsbyu (77).

Gollar: 1:0 – 39, penalti Amrabat, 1:1 – 45, penalti Immobile, 1:2 – 56 Milinkovich-Savich, 1:3 – 62 Korrea, 1:4 – 83 Immobile, 1:5 – 90, penalti Immobile.

Gollar: 1:0 – 45, penalti Veretu, 1:1 – 54 Milenkovich, 2:1 – 87, penalti Veretu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют