» » Namanganda Nexia velosipedchini urib yubordi. 32 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etgan

Namanganda Nexia velosipedchini urib yubordi. 32 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etgan


Namangan viloyatida 21 yoshli haydovchi Nexia’sida velosipedchini urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hududida 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan Nexia’da harakat boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetida ketayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Oqibatda 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada olib borilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.

Avvalroq 2020-yil 29-iyunda Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasining nomida bo‘lgan Damas’da uch nafar ayolni urib yuborib ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgani, 9-iyulda 4-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro o‘z boshqaruvidagi “ZIL-130” avtomashinasida 2 yoshli bolakayni bosib ketgani, 10-iyulda esa sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi: haydovchi va mashina ichida bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют