» » Amerikalik olimlar koronavirusni tezda aniqlovchi qurilma yaratdi

Amerikalik olimlar koronavirusni tezda aniqlovchi qurilma yaratdi


AQShdagi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchilari mobil telefonlar yordamida koronavirusni aniqlovchi kichik qurilmani yaratdi. Detektor inson soch tolasidek keladigan o‘tkazgichlardan iborat va yupqa oltin bilan qoplangan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Qurilma gaz holatda bo‘lgan moddalarga reaksiya beradi. Detektor reaksiyasini sun’iy intellekt tahlil qiladi.

“Test natijalarini qayta ishlash bir necha daqiqa vaqt oladi va siz test namunasini biror tijoriy laboratoriyaga yuborib, ortiqcha vaqt sarflamasdan, shu joyning o‘zida uning javobini olasiz. Bu professionallarga inson zudlik bilan karantinga joylashtirilishi lozimligi, shuningdek, u kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlashga yordam bergan bo‘lardi”, — deydi olimlar.

Avvalroq Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют