» » Xitoyda so‘nggi sutkada 61 kishida, Janubiy Koreyada esa 25 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda so‘nggi sutkada 61 kishida, Janubiy Koreyada esa 25 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 61 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 44 ta holat aniqlandi, bemorlarning 10 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Aniqlangan yangi kasallanish holatining 57 tasi mamlakatning o‘zida, qolgan 4 tasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 891 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 918 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 339 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 74 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 251 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoy COVID-19 vaksinasi sinovini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 25 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 14 175 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Regnum”.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 16 tasida virus chetdan yuqtirilgan. Shu bilan birga o‘tgan bir sutka davomida qayd etilgan holatlar birinchi bor 30 kishidan pastroq ko‘rsatkichni qayd etdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyada COVID-19’dan tuzalganlarning umumiy soni 12 905 nafarga yetgan, kasallik qurbonlari soni 299 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: KXDR birinchi marta COVID-19’ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют