» » Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli erkak vafot etdi


Toshkentning Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli Sh.G. ismli erkakda 4-iyuldan kasallik belgilari — tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal boshlangan. Unda COVID-19 tasdiqlangach, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

“Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichining pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSVning 27-iyuldagi axborotida.

Bemor aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют