» » Xitoydan O‘zbekistonga yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelindi (video)

Xitoydan O‘zbekistonga yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelindi (video)


26-iyul kuni Xitoydan O‘zbekistonga yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida ma’lum qilindi.

Olib kelingan yuklar Toshkent xalqaro aeroporti hududida Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan qabul qilib olingan. Ushbu yukning umumiy qiymati 20 million dollarni, og‘irligi 2,5 tonnani tashkil etadi.

Maxsus yuklar tarkibida shaxsiy himoya vositalari mavjud. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar olib kelingan. Bundan tashqari, 1000 dona o‘pka yallig‘langanda foydalaniladigan kislorod konsentratorlari ham mavjud.

“Xitoydan keltirilgan tibbiy buyumlar respublika hududi bo‘ylab karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiy xodimlar va boshqa muhtoj shaxslar hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan va qurilayotgan shifoxonalarga tarqatiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni, jumladan, kislorod konsentratorlarini import qilish jarayoni soddalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют