» » Toshkent viloyatida Spark avtomobilini egasi ko‘z o‘ngida olib qochgan xavfli retsidivist qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida Spark avtomobilini egasi ko‘z o‘ngida olib qochgan xavfli retsidivist qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark rusumli avtomobilni olib qochgan shaxs ushlandi, deya xabar beradi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 14-iyul kuni soat 20:30 da muqaddam transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etgan xavfli retsidivist 28 yoshli O.O. mast holda, Chirchiq shahar 4-kichik nohiya 20-uyning yon tomonida eshiklari ochiq holatda turgan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 20 yoshli S.U.ga tegishli Spark rusumli avtomashinani old haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirib avtoulov egasi S.U.ning ko‘z o‘ngida, talonchilik yo‘li bilan ochiqdan ochiq olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida O.O. olib qochilgan Spark rusumli avtomashinani Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, O.O.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют