» » O‘zbekiston Turmanistondan elektr energiyasi import hajmini oshirdi

O‘zbekiston Turmanistondan elektr energiyasi import hajmini oshirdi


O‘zbekiston energotizimida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelayotgani sabab 21-iyul kunidan boshlab respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatda dam olish kunlari elektr ta’minotiga cheklovlar kiritilmagan hamda Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirilgan.

O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi suv resurslari tanqisligi tufayli sezilarli darajada kamaygani, bundan tashqari, Tojikistondan qabul qilinayotgan import amaliyotining keskin kamayishi (Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborlaridagi suv sathini kamayishi oqibatida) sababli elektr ta’minoti tizimiga 0,8—1,0 foiz miqdorida cheklovlar kiritilayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, 27-iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirilgan. Hozircha 500 kVli Qorako‘l–Serdar havo tarmoqlari orqali O‘zbekistonga 80 MVt quvvat yetkazib berilmoqda. Kun davomida yetkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVtgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

“O‘tgan haftaning shanba va yakshanba kunlari energetika tizimida iste’molni cheklash holatlari kuzatilmadi. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boshlanishi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qo‘shimcha ravishda yangi haftaning ish kunlarida ham (odatda dam olish kunlariga nisbatan iste’mol darajasi keskin oshishi kuzatiladi) iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabridan “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda.

Mavzuga doir: “Turkmanenergo”dagi nosozlik sababli O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют