» » Jizzaxda Cobalt 4 yoshli bolani, Malibu maktab o‘quvchisini urib yuborgan (video)

Jizzaxda Cobalt 4 yoshli bolani, Malibu maktab o‘quvchisini urib yuborgan (video)


2020-yil 23-iyul kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFY hududida 29 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Cobalt 4 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda MY5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida xabar qilingan.

Oqibatda 2016-yilda tug‘ilgan bola tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Shuningdek, lavhada Jizzax shahrida Malibu velosipedda ketayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani va o‘smirning tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot berilgan.

Avval 2020-yil 16-iyunda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yuz bergan YTHda 5 yashar bola, 4-iyulda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Nexia va Damas rusumli avtomashinalar o‘rtasida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘lgani oqibatda Damas yo‘lovchilari 42 yoshli E.S. va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgani, 24-iyul kuni “ZIL”dan sakrab qolgan 18 yoshli A.S. hamda Lacetti urib yuborishi oqibatida 5 yoshli T.E. halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют