» » Bobur Bekmurodov “Yuksalish” umummilliy harakati raisi etib saylandi

Bobur Bekmurodov “Yuksalish” umummilliy harakati raisi etib saylandi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi “Yuksalish” umummilliy harakati ta’sischilarining 27-iyul kundagi yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yangi rais saylandi. Bu haqda harakat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov harakat raisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bobur Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006-yillarda AQShning O‘zbekistondagi “Partnership for Academic development” (“Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik”) dasturi tinglovchisi, 2018-yilda “The John Smith Trust” (Buyuk Britaniya) menejment dasturi tinglovchisi bo‘lgan.

Harakatning avvalgi raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют