» » O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati biroz pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati biroz pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi


“O‘zgidromet” O‘zbekistondagi haftalik ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 27-iyuldan 29-iyulgacha O‘zbekiston hududi atmosferadagi kuchsiz g‘arbiy oqim harakati ta’sirida bo‘ladi, natijada respublikada ob-havoning o‘rtacha issiq va mamlakat hududining katta qismida quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28-iyul, seshanba kuni esa Farg‘ona vodiysining tekislik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.

30-iyul kuni Volgabo‘yi hamda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31-iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

31-iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2 avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют