» » 35 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 32-sovrinni qo‘lga kiritdi (foto)

35 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 32-sovrinni qo‘lga kiritdi (foto)


Turinning “Yuventus” klubi A Seriyaning 36-turida “Sampdoriya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida chempionlik masalasini hal etib bo‘ldi.

“Keksa sinyora”ning 35 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun bu “Yuventus” safidagi ketma-ket ikkinchi chempionlik va uchinchi sovrin bo‘ldi. Ronaldu jamoasi bilan 2018-yilda Italiya Superkubogida ham g‘alaba qozongandi.

Ronalduning “El-Klasiko”lardagi top-5 golini tomosha qiling (video)

Umumiy qilib olganda portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. “Sporting” safida 1 ta, “Manchester Yunayted”da 10 ta, “Real”da 16 ta, “Yuventus”da 3 bor turli musobaqalarda g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi bilan ham ikkita musobaqada zafar quchgan. Bular Yevro—2016 va Millatlar Ligasining 2018/2019-yilgi mavsumi.

Ronaldu 2018-yilning yozidan beri “Yuventus” sharafini himoya qilib keladi. “Yuventus” uning transfer uchun “Real”ga 117 million yevro bergandi. 2019/20-yilgi mavsum Ronaldu A Seriyaning 32 uchrashuvida 31 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют