» » Koronavirusga chalinganlarda 12 barobar ko‘proq o‘lim holatini yuzaga keltiradigan xavf ma’lum qilindi

Koronavirusga chalinganlarda 12 barobar ko‘proq o‘lim holatini yuzaga keltiradigan xavf ma’lum qilindi


Qandli diabeti bor koronavirusga chalingan bemorlar boshqa bemorlarga qaraganda olti marotaba ko‘proq shifoxonaga murojaat qilmoqda va ular 12 barobar ko‘proq COVID-19 qurboniga aylanmoqda. Kaliforniya universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan bu boradagi tadqiqot natijalari MedicalXpress jurnalida chop etildi.

Ekspertlarning aniqlashicha, diabet COVID-19 bilan kasallanishning og‘ir shakliga olib keladigan omillar orasida ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Birinchi o‘rinda esa — yurak-qon tomir kasalliklari.

Universitet professori Prakash Didvanining so‘zlariga ko‘ra, diabeti bor bemorlar organizmida immun himoya funksiyasi pasayib ketadi. U qandli diabeti bor insonlarga muntazam qondagi qand miqdorini o‘lchash va shifokorlarda bilan aloqada bo‘lib turishni maslahat bergan. Bundan tashqari, bu turdagi bemorlar ko‘proq faol hayot tarzini o‘tkazishlari va yaxshi uxlashlari kerak.

O‘z navbatida Veksner universiteti (Ogayo) tibbiyot markazi Endokrinologiya, diabet va metobolizm bo‘limi shifokori Joshua Jozef qonda qand miqdori darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarga o‘zini davolovchi shifkorlar va ijtimoiy ishchilar bilan muntazam aloqada bo‘lishni tavsiya qilgan.

Jozefning ta’kidlashicha, shifokorlar glyukoza miqdorining ko‘payishi kabi xavfli bo‘lgan gipoglikemiya paydo bo‘lishini kuzatishi zarur.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu kabi masalada telemeditsina ham foyda berishi mumkin. Jozefning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali bemorlar qondagi qand miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni uzata olishi, shifokorlar esa buning asosida zaruriy qarorlar qabul qilishi mumkin.

Avvalroq fransiyalik tadqiqotchilar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan insonlarning 80 foizida buyragiga zarar yetishi bildirgandi.  AQShdagi turli tadqiqot markazlari olimlari kasallik insonning butun organizmiga ta’sir ko‘rsatishi va salbiy oqibatlar yana uzoq yil saqlanib qolinishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют