» » Namanganda transport harakati cheklangan kunda Cobalt va tez yordam mashinasi to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Namanganda transport harakati cheklangan kunda Cobalt va tez yordam mashinasi to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi


Namanganda avtotransport harakatlanishi cheklangan kuni ro‘y bergan Cobalt va Damas mashinalari to‘qnashuv oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Namangan shahrida yashovchi fuqaro 2020-yil 26-iyul — yakshanba kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan maxsus stikerga ega Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urildi.

YTH tufayli Cobalt haydovchisining ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yegan. Damas haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan yordamga qaramay shifoxonada vafot etdi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida 20202-yilning 6 oyi mobaynida 248 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 67 kishi halok bo‘ldi, 228 nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют