» » Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish doirasida shirin va yog‘li ovqatlar reklamasi taqiqlandi

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish doirasida shirin va yog‘li ovqatlar reklamasi taqiqlandi


Buyuk Britaniyada yog‘, shakar va tuzga boy oziq-ovqatlar reklamasi cheklanadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu Buyuk Britaniyaning COVID-19 epidemiyasi tufayli qayta ko‘rib chiqilgan semirishga qarshi kurash dasturining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.

Buyuk Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, semiz odamlarning koronavirus infeksiyasidan o‘lish xavfi yuqori. Ortiqcha vaznli bemorlarning deyarli 8 foizi intensiv terapiya bo‘limlariga yotqizilgan.

Soat 21:00 gacha televideniye va internetda yog‘li va shirin taomlarni reklama qilish taqiqlanadi. Supermarketlar kassalari va kirish joylarida bunday mahsulotlar joylashtirilmaydi. Shuningdek, hukumat “Bittasini sotib oling — ikkinchisini bepul oling” aksiyasi yordamida amalga oshiriladigan zararli mahsulotlar reklamasini cheklaydi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 27-iyul holatiga ko‘ra, 301 mingdan ortiq COVID-19 bilan kasallanish holati tasdiqlangan, ulardan 45,8 mingtasi o‘lim bilan yakunlangan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya 90 million doza COVID-19 vaksinasiga buyurtma berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют