» » O‘zbekiston soliq xizmati faxriysi Georgiy Lyubimov 94 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston soliq xizmati faxriysi Georgiy Lyubimov 94 yoshida vafot etdi


Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati 2020-yil 26-iyul kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, O‘zbekistonda soliq xizmati rivojiga munosib hissa qo‘shgan 94 yoshli mehnat faxriysi Georgiy Lyubimovning vafot etganini xabar qildi.

“Georgiy Fedorovich Lyubimov 1990-yillarda Davlat soliq xizmatida nomzodlarni saralab olish va xodimlarni ishga tayinlash bilan shug‘ullangan. U 10 yil davomida DSQ kadrlar va ularni qayta tayyorlash bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi Georgiy Lyubimovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi”, – deyiladi DSQ axborot xizmatining nekrologida.

Avval 14-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida vafot etgani, 18-iyulda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayevning olamdan o‘tgani haqida xabarlar berilgan.

Shuningdek, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Teleradioeshittirish bo‘limi boshlig‘i Kozim Saidov 51 yoshida vafot etgani, O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 19-iyul kuni 99 yoshida olamdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют