» » O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 21 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 21 ming nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 27-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra yana 257 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 21 209 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 257 tasi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

27-iyul kuni jami 678 ta yangi kasallanish holati qayd etildi (soat 10:00da +289 va 17:00 da +132) va bu yangi antirekord.

Shuningdek, 27-iyulda kun davomida Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 75 nafar, Qashqadaryo viloyatida 53 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Namangan viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida ham 22 nafar, Farg‘ona viloyatida 15 nafar hamda Jizzax viloyatida 13 nafar, jami 569 nafar bemor infeksiyadan tuzalgan.

O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 11 674 nafarni (55 foiz) tashkil qilmoqda. SSV axborotiga ko‘ra, 9 414 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют