» » O‘zbekistonda bir kunda 569 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzaldi va kunlik rekord yangilandi

O‘zbekistonda bir kunda 569 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzaldi va kunlik rekord yangilandi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning kasallikdan tuzalishi bo‘yicha kunlik rekord ko‘rsatkich yangilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

27-iyul kuni kun davomida hududlarda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aygan: ularning 337 nafari Toshkent shahridagi 20 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlar. Tuzalganlarning 75 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Qashqadaryoda, 32 nafari Andijonda, 22 nafari Namanganda va yana 22 nafari Sirdaryoda, 15 nafari Farg‘onada, 13 nafari Jizzaxda kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija 2020-yilning 25-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekistonning turli hududlarida jami 359 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgandi.

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 11 674 nafar (55 foiz)ni tashkil qilmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri SSV statistikasi bo‘yicha 121 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus bilan xastalanib, COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 127 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют