» » Toshkentda koronavirusga gumon qilinganlar va kasallanganlarga yordam ko‘rsatadigan 10 ta maxsus klinika tashkil qilindi

Toshkentda koronavirusga gumon qilinganlar va kasallanganlarga yordam ko‘rsatadigan 10 ta maxsus klinika tashkil qilindi


Toshkent shahrida koronavirusga gumon qilinganlar, kasallik tasdiqlangan va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat chekayotganlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun 10 ta maxsus poliklinika tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, mazkur poliklinikalar faoliyati tun-u kun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bu yerga murojaat qilish orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent shahrida tashkil etilgan maxsus poliklinikalar ro‘yxati

Mirobod tumani

5-son ftiziatriya dispanseri — Toshkent shahar, Mirobod tumani, 8-mart ko‘chasi, 58-uy, +998712839881, Sultonbekova Lobar G‘ayratovna (rahbar).

Uchtepa tumani

23-son oilaviy poliklinika “Birlik” filiali — Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chakmoniy ko‘chasi, 14 A, +998712740442, Mirsagatova Saida Jo‘rayevna.

Mirzo Ulug‘bek tumani

1-son ftiziatriya dispanseri — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahmad Yugnakiy mavzesi, 15 A-uy, +998712612535, +998712612445, Mirxoliqova Shahlo Mansurovna.

Yakkasaroy tumani

58-son oilaviy poliklinika — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 44 uy, +998712551801, +998712551800, Sulaymonova Muyassarxon Nizomovna.

Sergeli tumani

13-son oilaviy poliklinika — Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, 58-uy, +998712159606, +998712159666, Alimova Muqaddas Po‘latovna.

Olmazor tumani

3-son ftiziatriya dispanseri — Toshkent shahar, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi 1-berk ko‘cha, 3-uy, +998712483545, +998712484132, Xudoyshukurova Dildora Komilovna.

Chilonzor tumani

Shahar ftiziatriya va pulmonologiya dispanseri — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 7,33/1, +998712882318, +998712882317, Qalandarova Lola Nurullayevna.

Yunusobod tumani

4-son ftiziatriya dispanseri — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3-tor Niyozbek yo‘li, 6-uy, +998712351010, +998712351301, Sodiqova Umida Mustaqimovna.

Shayxontohur tumani

42-son oilaviy poliklinika — Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Z. Qobilov ko‘chasi, 14 A-uy, +998712418089, +998712417115, Ubaydullayeva Zilola Aloviddinovna.

Yashnobod va Bektemir tumanlari

2-son ftiziatriya dispanseri — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Murg‘ob ko‘chasi, 93-uy, +998712834937, +998712910260, Qurbonkeldiyeva Yelena Valeryevna.

Respublika maxsus komissiyasining 26-iyuldagi qarorida fuqarolarga qulaylik yaratish, shuningdek, ularga malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida maxsus poliklinikalar va maxsus taqsimlash markazlarining tun-u kun faoliyat ko‘rsatishi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazi maydonlarida koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi tashkil etildi. Taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur markaz o‘z faoliyatini boshlangan.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi gimnastika saroyida, “Yoshlik” sport majmuasida va Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida ham taqsimlash markazlari tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют