» » JSST rahbari dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qildi

JSST rahbari dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qildi


Dunyoda yangi koronavirus keltirib chiqargan pandemiya kuchaymoqda. So‘nggi olti hafta ichida kasalliklar soni deyarli ikki baravarga oshdi va 16 millionga yaqinlashdi, vafot etganlar soni 640 mingdan oshdi. Bu haqda 27-iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

“JSSTga 16 millionga yaqin kasallik va 640 mingdan ortiq o‘lim haqida xabar kelib tushgan. Pandemiya tezlashishda davom etmoqda”, — dedi JSST rahbari. Tashkilot bosh direktorining ta’kidlashicha, so‘nggi olti hafta ichida bunday holatlar deyarli ikki baravar oshdi.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab bir sutkada 284 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi. Kunlik antirekord yangilandi

JSST rahbari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu haftada yangi koronavirus pandemiyasini baholash uchun favqulodda qo‘mita yig‘ilishini chaqirdi. Gebreyesus 30-yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini xalqaro tashvishga sabab bo‘ladigan favqulodda holat deb e’lon qilganini esladi. “Xalqaro qoidalarga muvofiq, men ushbu haftada pandemiyani qayta baholash va tegishli ko‘rsatmalarni olish uchun favqulodda qo‘mitani chaqiraman”, — dedi bosh direktor.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi “dunyoni o‘zgartirdi”. U bir vaqtning o‘zida odamlar va jamiyatlarni birlashtirdi va ularni ajratib qo‘ydi, bu “odamlar ijobiy va salbiy munosabat bildirishga qodir” ekanligini ko‘rsatdi. “Biz ko‘p narsalarni o‘rgandik va hali ham ko‘p narsani o‘rganyapmiz”, — dedi Tedros Gebreyesus. Uning eslatishicha, “dunyo o‘zgargan bo‘lsa-da”, koronavirusga qarshi kurash “siyosiy rahbarlik, shuningdek, jamoatchilikning xabardorligi va [pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etish] ularni tinglash qobiliyati” kabi muhim omillarni talab qiladi.

Infeksiya tarqalishiga qarshi kurash choralari

JSST rahbari hozirgi pandemiya JSST tomonidan e’lon qilingan eng jiddiy global favqulodda vaziyat ekanligini ta’kidladi. U ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli Avstraliya, Vetnam, Germaniya, Kambodja, Kanada va Xitoyni kasallik avj olishining oldini olishga yoki uni nazoratga ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan davlatlar qatoriga qo‘shdi.

Uning ta’kidlashicha, infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashning asosiy chora-tadbirlari infeksiyani aniqlash, kasallarni va ular bilan aloqada bo‘lganlarni izolyatsiya qilish, test o‘tkazish va davolashdir. “Masofani uzoqroq tuting, qo‘llaringizni yuving, gavjum joylardan va yopiq xonalardan saqlaning, tavsiya etilgan joylarda niqob taqing”, — deb qo‘shimcha qildi JSST bosh direktori.

Bundan tashqari, Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, tashkilot tashabbusi bilan Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha birdamlik jamg‘armasiga 225 million dollardan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan va ushbu mablag‘lar 536 ming individual donor va kompaniya tomonidan yuborilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют