» » Qarshida Suriyaga ketish uchun bosqinchilik bilan shug‘ullangan “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olindi (video)

Qarshida Suriyaga ketish uchun bosqinchilik bilan shug‘ullangan “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olindi (video)


DXX va IIV xodimlari Qarshi shahrida muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan tashkil etilgan noqonuniy guruh faoliyatga chek qo‘ydi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari bosqinchilik jinoyatlarini sodir etish orqali yo‘l xarajatlari uchun pul yig‘ish, so‘ngra, Suriyaga borib, terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Qarshi shahrida yashovchi 52 yoshli fuqaro muqaddam “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lganligi uchun 2004—2018-yillarda jazo muddatini o‘tagan. Bu safar u o‘zining yashash manzilida 1994, 1996, 1998-yillarda tug‘ilgan uch nafar farzandi va 2000-yilda tug‘ilgan jiyani, shuningdek, 1974—1998-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 11 nafar mahalliy fuqarodan iborat noqonuniy guruh tashkil etib, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.

U Telegram’da “Jihodchilar” guruhini tashkil etib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining, jumladan, Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiyning hijrat va jihod qilish to‘g‘risidagi audio, videoma’ruzalari hamda da’vatlari bilan ulashib, oqim g‘oyalarini o‘z atrofidagilarga targ‘ib qilib kelgan. Shuningdek, ular Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilish masalalarini muhokama etgan.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Dastlabki tergov-surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, guruh yetakchisining ko‘rsatmasi bilan uning a’zolari bosqinchilik jinoyatlarini sodir etish orqali yo‘l xarajatlari uchun pul yig‘ish, so‘ngra Suriyaga borib terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni reja qilgan.

Ularning yashash manzilidan kompyuter, DVD-disklar, flesh-kartalar, dron, telefon apparatlari, diniy mazmundagi adabiyotlar, shuningdek, bir donadon o‘qotar va pnevmatik qurol, patronlar va gilzalar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlanishicha, guruh a’zolari orasida MChJ rahbari va ishchisi, buyum bozorida sotuvchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda institut talabasi bor.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Andijon shahrida “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olingani, Farg‘onada esa “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Suxondaryo va Jizzaxda “Jihodchilar”ning ikkita guruhi a’zolari qo‘lga olindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют