» » Kilian Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Kilian Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Fransiya Kubogida olgan jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Parijliklar rasmiy saytida aytilishicha, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda chiqish kuzatilgan. Tiklanishga uch hafta ketishi taxmin qilinmoqda.

Shu tariqa futbolchi 12-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq Mbappening 10-15 kun maydonga tusha olmasligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvining 27-daqiqasida “Sent-Etyenn” futbolchisi Loik Perren o‘ta qo‘pol qoida buzish bilan Mbappeni to‘xtatib qolgan. Natijada 21 yoshli futbolchi o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etgandi.

Kilian Mbappening shedevr gollari va eng sara fintlari to‘plamini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют