» » “Qizimning tug‘uliboq ko‘rgani faqat azob va og‘riq bo‘ldi” Buyraklari qurib qolgan Farangiz zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur

“Qizimning tug‘uliboq ko‘rgani faqat azob va og‘riq bo‘ldi” Buyraklari qurib qolgan Farangiz zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur


Mana bu suratdagi qizaloqning ismi Farangiz. Hozir u 8 yoshda. Bir necha oydan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘rib kelmoqda.

Onasining aytishicha, Farangiz ko‘z yosh kanali yopiq holda tug‘ilgan. Shu sababli 2014 va 2018-yillarda ikki bor jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay qizaloqda kasallik tez-tez qaytalana boshlagan. Shifoxonaga olib borganida unga o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilib, Shoshilinch tez tibbiy yordam bolalar shifoxonasiga gemodialez muolajasi uchun yotqizilgan. Ikki oy davolansa-da, biroq natija bo‘lmagan. Shifokorlar unga Surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishib, zudlik bilan buyrak ko‘chirish operatsiyasi kerakligini aytishgan.

“Qizimning ikki buyragi ishlamasligini, qurib qolganini aytishdi. Biz operatsiya qildirish uchun Hindistonga yaxshi insonlarning ko‘magi bilan yetmaganiga uydagi bor-budimizni sotib, qarz olib ketdik. U yerdagi tekshiruvlardan qizimning qonida Antibodiya infeksiyasi borligi uchun operatsiya 6 oy keyinga suruldi.

Hozir Farangiz Chirchiq shahridagi kasalxonada davolanyapti. Operatsiya muddati ham yaqinlashib qoldi. Ammo hozir pandemiya davrida Hindistonda vaziyat og‘ir bo‘lganligi uchun Turkiyada operatsiya qildirishimizni tavsiya qilishdi. Biroq Turkiyada buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyaga 70 ming AQSh dollari ketar ekan. Afsuski, menda buncha mablag‘ning o‘zi yo‘q. Oilaviy sharoitimga kelsak, 2 qizim bor, ajrashganman. Qizimga qarab, yuragim eziladi.

Endigina 8 yoshga kirdi-yu, ammo ko‘rganlari og‘riq va azob bo‘ldi. Barcha yaxshi insonlardan, saxovatgo‘y yurtdoshlarimizdan qizalog‘imning tuzalib ketishida yordam so‘rayman, — deydi biz bilan suhbatda Farangizning onasi Odina opa.

Biz ham barcha saxovatgo‘y yurtdoshlarimizdan Farangiz Nazarovaning sog‘ayib ketishida o‘z yordamlarini ayamasliklarini so‘rab qolamiz.

Farangiz Nazarova uchun xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar: 

Onasi Nazarova Odinaxon nomida

Xalq banki

8600 0609 9464 8856

Agrobank Uzcard

8600 0412 1248 9950

Tog‘asi Xolbutayev Zoxidjon nomida

Rossiya Sberbank

4276 3800 2676 4550

Onasi Odinaxon Nazarovaning pasport ma’lumotlari

Passport raqami: AA 6322263

Bog‘lanish uchun telefon raqam

+99899 9825689



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют