» » 28-iyul – Birinchi jahon urushi boshlangan kun. Sabablar va ilk to‘qnashuvlar

28-iyul – Birinchi jahon urushi boshlangan kun. Sabablar va ilk to‘qnashuvlar


1914-yil 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga urush e’lon qildi. Ortidan 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda esa Fransiyaga, 4-avgustda Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi va urush global ko‘rinishga keldi. 28-iyul esa rasman Birinchi jahon urushini boshlab bergan sana sifatida tarixga kirdi. “Daryo” Birinchi jahon urushi, urushdan oldingi jarayonlar va ilk kunlardagi voqealar haqida hikoya qiladi.

Urushdan oldin Yervopani dushman alianslar, manfaatlar to‘qnashuvi va maxfiy shartnomalar bo‘lib turgan edi. Ular esa keyichalik butun qit’a va dunyoga tarqalib ketgan urushga yo‘l ochdi. XX asr boshlarida Yevropada ikki uchlik guruhi yuzaga keldi. Biri Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyadan tashkil topgan Antanta ittifoqi, ikkinchisi esa Germaniya, Avstriya-Vengriya va keyinchalik Italiyadan tashkil topgan markaziy kuchlar yoki Uchlar ittifoqi guruhlari edi. Urush boshlangach esa Usmonli, Italiya, Bolgariya kabi davlatlar Uchlar ittifoqi tarafida jang qilgan bo‘lsa, AQSh va Yaponiya singari boshqa ko‘plab davlatlar Antanta tarafida turib urushdi.

Urushning ko‘rinib turgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri sababi Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodagi Frans Ferdinandning Serbiyaning Sarayevo shahrida o‘ldirib ketilishi deb hisoblansa-da, tarixchilar, siyosatchilar uning ko‘rinmas va chuqur sabablari ko‘pligini va xilma-xilligini ta’kidlab keladi. Tarixchi Andre Loez “iqtisodiy va colonial raqobat”ni shunday chuqur sabablar qatoriga qo‘shadi (Andr? Loez, La Grande Guerre, Paris, La D?couverte, coll.  Rep?res, 2010, 125 p.).

Kuchli millatchilik kayfiyati, imperializmning o‘sishi, ekspansion istaklar, fransuz revanshizmi, bolqon urushlari singari hal etilmagan mojarolar urushning stixiyali sabablari edi. Unga iqtisodiy raqobat va Napoleon mag‘lubiyatidan keyin XIX asr davomida Yevropada yuzaga kelgan turli harbiy ittifoqlar, Vena kongressi va 1830-yilgi Belgiya mustaqilligini ham qo‘shish mumkin. Fransiya va Buyuk Britaniya uning suvereniteti garanti edi. Germaniya esa Belgiya hududini bosib olishni istardi.

Yuzaga kelayotgan tarang vaziyat davlatlar o‘rtasidagi qurollanish poygasiga olib keldi va har bir qo‘mondonlik yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan mojaroga tayyorlana boshladi. Tarixchi Jan Baptist Dyurosel Sarayevodagi qotillik total urushni boshlab bergan mexnizmni ishga tushirdi deb hisoblaydi (Jean-Baptiste Duroselle, La Grande Guerre des Fran?ais : l'incompr?hensible, Paris, ?ditions Perrin, coll. Tempus (no 27), 2003, p34).

Kristofer Klark urushni davlat arboblarining dunyodagi siyosiy taranglikni izdan chiqarib yuborishlari oqibati deb hisoblaydi va “mexanizm” haqidagi Dyuroselning fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi tarixchilar, jumladan, Frits Fisher urush Germaniya rahbarlari, ayniqsa, Oliy bosh qo‘mondonlik tomonidan istalgani va tayyorlanganini iddao qiladi (Fritz Fischer, War of Illusions: German Policies from 1911 to 1914 [“La Guerre des illusions : politiques allemandes de 1911 ? 1914”], Norton, 1975, p85).

Nima bo‘lgan taqdirda ham 1914-yilga kelib urushga har tomonlama tayyor bo‘lgan yagona davlat Germaniya edi va qolgan davlatlar inqirozlarni boshdan kechirayotgan edi. Dunyoda koloniyalarga ega bo‘lmagan yagona davlat ham Germaniya edi va u buni adolatsizlik deya hisobladi.

Yevropaning barcha katta davlatlari o‘z manfaatlariga ega edi va ular bunga urush orqali erishishga umid qilishardi. Keling, ularni ikki guruhga bo‘lgan holda ko‘rib chiqaylik.

Antanta davlatlari:

Uchlar ittifoqi

Shunday qilib, Yevropa 1914-yilning yozida urush bo‘sag‘asiga kelib qoldi. Frans Ferdinandning o‘ldirilishi ortidan Avsrtiya-Vengriya hukumati Serbiyaga qotilni topshirish haqida ultimatum qo‘ydi. Ammo Serbiya bunga rad javobini berdi va 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga urush e’lon qildi, urush boshlandi va tomonlar birin-ketin ilgarilay boshladi. Ko‘pchilik urush Milod bayramigacha nihoyasiga yetadi deb o‘ylagan edi, ammo unday bo‘lmadi.

29-iyul kuni Rossiya Avstriya-Vengriyaga, 30-iyulda Germaniyaga qarshi urushga tayyorgarlik bo‘yicha umumiy safarbarlik e’lon qildi. Bunga javoban Vilgelm II qarindoshi, Rossiya podshosi Nikolay II ga safarbarlikni bekor qilishni talab qildi. Rad javobi olgach, 1-avgust kuni Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu kuni Fransiya umumiy safarbarlik e’lon qildi va urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ertasi kuni Germaniya neytral davlat Lyuksemburgni egalladi va Belgiyaga askarlarni erkin o‘tishlari uchun ultimatum yo‘lladi. Ammo Belgiya buni rad etgach, harbiy yo‘l bilan uni ham egalladi.

3-avgust kuni Germaniya Shleffen rejasi asosida Fransiyaga urush e’lon qildi. 4-avgust kuni Buyuk Britaniya Germaniyaga Belgiya neytralitetini kafolatlash va nemis askarlarining ortga qaytishini talab qilib yuborilgan ultimatumga javob bo‘lmagach, Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Uchlar Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Italiya esa voqealar rivojini kuzatib, keyin urushga kirishni maqsad qilib qo‘ydi.

6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Germaniya tomonidan Rossiyaga urush e’lon qildi. 11-avgustda Fransiya, 13-avgustda esa Buyuk Britaniya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. O‘sha paytda ishtirokchi davlatlarning deyarli barchasida koloniyalar mavjud edi, shunday ekan koloniyalar ham o‘z-o‘zidan urush ishtirokchisiga aylandi. Commonwealth a’zosi sifatida Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika, fransuz va Belgiya koloniyalari ham avtomatik ravishda Germaniyaga qarshi urushga kirdi. Rossiya imperyasi tarkibida bo‘lgan Turkiston ham urushga jalb etildi. Turkistonliklar asosan front orti ishlarida majburiy ravishda ishlatildi.

23-avgustda Yaponiya Antantaga o‘z yordamini taklif qildi va Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 1-noyabr kuni Usmonli Germaniya tarafdori ekanini e’lon qilishi ortidan 3-noyabr kuni Fransiya va Buyuk Britaniya Usmonliga urush boshladi.

1918-yilgacha davom etgan urush davomida bir qator muhim tarixiy voqealar ham birgalikda yuz berdi. Jumladan, 1915-yilgi armanlar genotsidi, 1917-yilgi Rossiyadagi inqilob, 1918-yilgi Ispan grippi kabi hodisalar urush davrida parallel yuz bergan eng yirik tarixiy voqealar bo‘ldi. Ispan grippi o‘sha davrda urush bilan birgalikda millionlab odamlarning yostig‘ini quritdi. Shuningdek, urush natijasida Yevropada ko‘plab geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berdi va u XX asr davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatib turdi.

Birinchi jahon urushi bir qator imperiyalarning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli imperiyalari aynan mana shu ortidan tanazzulga yuz tutdi va ularning o‘rniga yangi davlatlar tashkil etildi. Urushdan oldin eng qudratli armiya va iqtisodiyotga ega bo‘lgan Germaniya Versal shartnomasi natijasida ulardan deyarli mahrum bo‘ldi. Natijada, Yevropa va Yaqin Sharqda chegaralar boshqattan chizildi. Monarxiyalar o‘rnini kommunistik va demokratik respublikalar egalladi. Birinchi marta xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilot tuzildi. Bu Millatlar Ligasi edi.

Urush 1918-yil 11-avgust kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют