» » Kanadalik erkak tezlikni oshirgani uchun Chevrolet Camaro’sidan ayrildi

Kanadalik erkak tezlikni oshirgani uchun Chevrolet Camaro’sidan ayrildi


Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasi politsiyasi belgilangan tezlik chegarasidan ikki barobar tezroq — soatiga 232 kilometr tezlikda harakatlangan haydovchini jarimaga tortib, uning Chevrolet Camaro’sini musodara qildi, deb xabar beradi Motor.

Yangi Shotlandiya provinsiyasi politsiyasi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yo‘lda mashina tezligini belgilangan chegaradan ikki barobar oshirgan haydovchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ismi oshkor etilmagan 43 yoshli haydovchi 110 km/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat etilgan yo‘lda o‘zining Chevrolet Camaro’sini 232 km/soat tezlikda haydab o‘tgan.

Politsiya qoidabuzarni to‘xtatib, unga yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xavf tug‘diradigan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ayblovi qo‘yilgan. Natijada kanadalik Chevrolet Camaro’sidan mahrum qilinib, 2422,50 dollar jarimaga tortilgan.

Shu bilan birga, mashina egasiga haydovchilik guvohnomasidan yetti kun foydalanish taqiqlab qo‘yilgan.

Avvalroq Italiyada Ford Focus haydovchisiga mashinani soatiga 703 km tezlikda haydagani uchun jarima kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Angliya politsiyasi soatiga 323 km tezlikda harakatlanayotganini videoga olgan haydovchini qidirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют