» » Buyuk Britaniyada birinchi marta mushukda koronavirus aniqlandi

Buyuk Britaniyada birinchi marta mushukda koronavirus aniqlandi


Buyuk Britaniya hukumati mushukda koronavirus infeksiyasining birinchi holati qayd etilgani ma’lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, mushuk kasallikni koronavirusga chalingan egalaridan yuqtirgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Hozirda uy hayvoni egalari ham, mushuk ham koronavirusdan xalos bo‘lgan. Buyuk Britaniyaning bosh veterinari Kristin Middlmisning aytishicha, hayvonning koronavirusga chalinishi xavotirli emas.

“Bu juda kam uchraydigan hodisa. Shu paytgacha kasallangan hayvonlar faqat yengil klinik belgilarni ko‘rsatib, bir necha kun ichida sog‘aygan”, — dedi veterinar.

Mavzuga doir: “Karantindan charchagan” badjahl mushuk Instagram yulduziga aylandi  

Middlmisning fikricha, uy hayvonlari virusni odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqtirganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Bu mushuklarda aniqlangan koronavirusning birinchi holati emas. Ilgari ushbu hayvonlarda COVID-19 bilan kasallanish holati AQSh va Rossiyada qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning it va mushuklardan COVID-19 yuqishi holatlari hali aniqlanmagan va bunday infeksiya ehtimoli to‘g‘risida dalillar yo‘q. Biroq COVID-19’ning havo tomchilari orqali bir mushukdan boshqasiga yuqishi ehtimoli olimlar tomonidan tasdiqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют