» » Qozog‘istonda sun’iy nafas oldirish apparatlarini noqonuniy tarzda O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qozog‘istonda sun’iy nafas oldirish apparatlarini noqonuniy tarzda O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan sun’iy nafas oldirish apparatlari to‘xtatib qolindi. Noqonuniy yuk “Atameken” bojxona postida ushlangan. Bu haqda Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamentiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari besh dona sun’iy nafas oldirish apparatlarini Qozog‘istondan olib chiqib ketishga uringan. Ular mazkur qurilmalarni uchta yuk mashinasining kabinalariga ortib, olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Sun’iy nafas oldirish apparatlarining mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishi Maqtaraal tuman prokuraturasi, “Atameken” bojxona posti xodimlari hamda “Jetisay” chegara naryadi tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha barcha faktlar keyingi tergov ishlari uchun huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Avvalroq Shveysariya kompaniyasi bilan 19,5 million dollarga imzolangan ikkita shartnoma doirasida o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarining dastlabki 100 tasi Toshkentga olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют