» » Yaponiya va AQSh Yapon dengizida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazdi

Yaponiya va AQSh Yapon dengizida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazdi


Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish dengiz kuchlari hamda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Yapon dengizida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etdi. Bu haqda Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish dengiz kuchlari qo‘mondonligi e’loniga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘quv mashqlarida Yaponiyadan “Tyokay” nomli esminets, Amerikaning esa Fitzgerald esminetsi ishtirok etmoqda. Ushbu ikkala esminets Aegis nomli jangovar axborot-boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan.

Ta’kidlash joiz, Yaponiya va AQShning ushbu hududdagi qo‘shma mashg‘ulotlari Koreya yarimorolida vaziyat mushkullashgan, KXDR tomondan doimiy ravishda raketalar uchirilayotgan vaqtda tashkil etildi.

Avvalroq Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda birgalikdagi manyovrlarni boshlagani xabar qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют