» » Aktyor Rixsitilla Abdullayev: Dilnoza Kubayevani rashk qilaman

Aktyor Rixsitilla Abdullayev: Dilnoza Kubayevani rashk qilaman


“MY5” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida taniqli aktyor va suxandon Rixsitilla Abdullayev mehmon bo‘ldi.

Suhbat davomida Rixsitilla Abdullayev aktrisa Dilnoza Kubayevani qizg‘anishini ma’lum qildi.

“Dilnoza bilan ilk marta ‘Andishali kelinchak’ spektaklida partnyor sifatida ishlaganmiz. Men Arslonbek, Dilnozaxon Olmaxon rolini ijro etgan.

Dilnozani partnyor sifatida rashk qilaman. Rustam Sa’diyev va Gulchehra Jamilova, Lola Eltoyeva va Alisher Hamroyev, Zuhra Ashurova va Bekzod Muhammadkarimov kabi tomoshabinlarning sevimli kinojuftliklari bor. Umuman olganda, hamma aktyorning o‘z partnyori bor.

Ko‘p muxlislar Dilnoza Kubayeva bilan chiroyli juftliksiz, deb aytadi. Dilnoza bilan hozirda ‘O‘zbekcha ajrashish’ degan kinoda er-xotinlar obrazini gavdalantirmoqdamiz. U yangi filmda mahalla raisi rolini ijro etadi”, — deydi Rixsitilla Abdullayev.

Aktyor, shuningdek, “Sevgi” deb nomlangan teleserial ham suratga olinganini ham aytib o‘tdi. Ushbu teleserialda ham bosh rollarni Rixsitilla Abdullayev hamda Dilnoza Kubayeva ijro etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют