» » Toshkentda COVID-19’ga moslashtirilgan shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarni yotqizish to‘xtatiladi

Toshkentda COVID-19’ga moslashtirilgan shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarni yotqizish to‘xtatiladi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov kam sonli va koronavirusni davolashga moslashtirilgan shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarni yotqizish to‘xtatilishini ma’lum qildi.

“Vaziyat talab qilganda mavjud bo‘lgan klinikalarning aksariyati koronavirusli bemorlarni davolashga moslashtirildi. Lekin bugunga kelib Zangiota tumanidagi ixtisoslashgan infeksion klinikaning 4 ta klasteri ishga tushgan. Hafta yakuniga kelib beshinchi klaster ham ishga tushadi. “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida yetarli darajada koyka-o‘rinlar zaxirasi yaratilgani tufayli kam sonli va moslashtirilgan klinikalarga koronavirusli bemorlarni yotqizish to‘xtatilmoqda. Hamma bemorlar davolanib bo‘lgach, bu klinikalar kerakli dezinfeksion jarayonlardan so‘ng o‘z faoliyatiga qaytariladi”, — deydi Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqilov koyka-o‘rinlar yetmayotgani sabab boshqa profildagi klinikalarga bemorlarni yotqizishga majbur bo‘linayotganini, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasidagi videoselektor yig‘ilishida deyarli barcha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari to‘ldirib tashlanganini aytgan edi. O‘sha yig‘ilishda surunkali kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalardagi koronavirusga chalingan bemorlarni xususiy klinikalarga ko‘chirish orqali surunkali xastaligi bor bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini qayta tiklash choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

Shuningdek, 8-iyul kuni Habibulla Oqilov koronavirus infeksiyasi belgisiz o‘tayotgan bemorlarning uy va mehmonxonada davolanishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi statsionarlarda koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgandi. Biroq 9-iyul kuni brifingda Oqilov pandemiyaning dastlabki kunlaridan hukumat o‘z vazifasini bajarib kelayotgani, koyka-o‘rinlar, dori vositalari zaxirasi mavjudligini bildirgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga yana bir bor alohida to‘xtalib, mamlakatda koronavirusga qarshi kurash uchun barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют