» » Caviar kompaniyasi salkam 7 ming dollar turadigan iPad Pro’ni taqdim etdi

Caviar kompaniyasi salkam 7 ming dollar turadigan iPad Pro’ni taqdim etdi


Smartfonlar va gadjetlarni hashamatli tarzda qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Caviar brendi Cyberpunk 2077 o‘yini uslubidagi iPad Pro (2020) CyberPad’ni taqdim etdi.

Cheklangan nusxadagi gadjet sariq PVD qoplama va qora karbon tolali titandan tayyorlangan.

Orqa qopqog‘iga binafsharang CyberPad yozuvi hamda Caviar logotipi tushirilgan. Bundan tashqari, planshetlarning har birining yon tomoniga lazer yordamida takrorlanmas raqamlar o‘yilgan.

Hozirgi zamonning eng mashhur o‘yinlaridan biri hisoblanuvchi Cyberpunk dunyodagi ko‘plab dizaynerlarni Sci-Fi uslubida mahsulot yaratishga ilhomlantirmoqda. Bu safar Caviar konstruktorlari mashhur multiplatforma o‘yiniga e’tibor qaratgan. Yangi mahsulotni yaratishda Deus Ex, Mirror’s, Blade Runner va Cyberpunk 2077 namunalaridan ilhomlanilgan.

Planshet 99 nusxada sotuvga chiqadi. Xaridorlar uchun ikkita versiya taqdim etiladi: 11 va 12,9 dyuymli. Ikkala variant ham 1 terabayt ichki xotiraga ega. Modellar narxi mos ravishda 6525 va 6950 dollarni tashkil etadi.

Caviar kompaniyasi bunga qadar smartfon-tank — iPhone T-34’ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan iPhone 6s’ni, AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga tilla iPhone 7 kabi noyob modellarni taqdim etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют